





Xabaringiz bor, Urganch tumanidagi “Oq ariqlar” mahallasida “Al-Xorazmiy” shaharchasi barpo qilinmoqda. Shaharcha nafaqat ko‘p qavatli xonadonlardan, balki, barcha zarur ijtimoiy soha obyektlarini ham o‘z ichiga oladi. Majmuada zamonaviy ta’lim uchun ham sharoitlar bo‘ladi. Ya’ni maktabgacha ta’lim tashkiloti, maktab va oliy ta’lim muassasasi kompleks joylashadi.
Bugun majmuadagi maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi ham mohir quruvchilarimiz tomonidan tez fursatlarda yangidan barpo qilinib, foydalanishga topshirildi.