
Butun dunyodagi meʼmorlar va arxitektura durdonalarining ixlosmandlari har yili oktabr oyining birinchi dushanbasida oʻzlarining professional xalqaro bayramini nishonlaydilar. Ushbu bayram Xalqaro arxitektorlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan.
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi barcha meʼmorlarni, soha mutaxassislarini ushbu kun bilan samimiy tabriklaydi! Sizning fidokorona mehnatingiz yurtimiz obodligi va xalq farovonligi yo‘lida beqiyosdir. Yangi g‘oyalar, ilhom va muvaffaqiyatlar sizga doimo yor bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz arxitektorlar!