





Sana munosabati bilan, mamlakatimiz bo‘ylab, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, taniqli olimlar, til sohasining mutaxassislari, davlat va jamiyat arboblari, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar, ommaviy diktant kabi turli aksiyalar hamda bayramga bag‘ishlangan boshqa tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bugun Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasida ham Urganch davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda til sohasi mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Urganch davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Xurshida Qodirova ishtirok etib, Bosh boshqarma xodimlariga O‘zbek tilini taraqqiyoti yo‘lida olib borilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumotlar berdi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.