Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Bosh boshqarmasida maishiy korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Bosh boshqarmasida maishiy korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

     
     
     

Bugun Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Bosh boshqarmasida maishiy korrupsiyaning oldini olish, davlat xizmatchilari o‘rtasida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda boshqarma rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. Unda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xizmat intizomini kuchaytirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etishi borasida muhim masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida soha xodimlaridan har bir murojaat va hujjat bilan ishlashda adolat, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilish, fuqarolar bilan muloqotda ochiqlik va xushmuomalalikni saqlash talab etildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani, bu borada har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida xodimlar o‘rtasida halollik muhitini yanada mustahkamlash, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish va korrupsion xavf omillarini bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilandi.


29-10-2025, 16:30
Sahifaga qaytish