Xorazmlik arxitektorlar xalqaro festivalda g‘olib bo‘lishdi

Xorazmlik arxitektorlar xalqaro festivalda g‘olib bo‘lishdi

     
 
     

Ayni damda Buxoro davlat texnika universitetida Arxitektorlar, muhandis quruvchilar va dizaynerlarning xalqaro festivali davom etmoqda. Tadbir doirasida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya ham tashkil etilgan.

Nufuzli anjumanda vohamiz vakillari Xorazm viloyati Bosh arxitektori boshchiligida faol qatnashib, 3 ta nominatsiya bo‘yicha 1 -2 o‘rinlarni egallab, g'olib bo‘lishdi. 

Bu muvaffaqiyat bilan viloyatimiz vakillarini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi jamoasi muborakbod etadi! Yutuqlar bardavom bo‘lsin! 

Mazkur anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, yetakchi mutaxassislar arxitektura sohasining hozirgi rivojlanish jarayonlari va kelajakdagi istiqbollari haqida o‘z ilmiy izlanishlari bilan o‘rtoqlashmoqdalar. Konferensiya ilmiy hamkorlikni kengaytirish, yangi texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni o‘rganish, yosh tadqiqotchilarning salohiyatini oshirish maqsadida tashkil qilingan.



22-11-2025, 15:00
Sahifaga qaytish