Shovot tumanida chegarani qo‘riqlash vzvodi harbiylari uchun 20 ta xonadondan iborat ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Shovot tumanida chegarani qo‘riqlash vzvodi harbiylari uchun 20 ta xonadondan iborat ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi.

      
      
     

Bugun Shovot tumanida chegarani qo‘riqlash vzvodi harbiylari uchun 20 ta xonadondan iborat ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Jo‘rabek Raximov ishtirok etib, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida to‘xtaldi. Harbiy oilalarga yangi uy kalitlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yangi xizmat uyi energiyatejamkor konstruksiyalardan foydalangan holda, zamonaviy loyiha asosida bunyod etilgan bo‘lib, barcha qulayliklarga ega. 


7-12-2025, 11:30
Sahifaga qaytish