Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Ochiq eshiklar” kuni bo‘lib o‘tdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Ochiq eshiklar” kuni bo‘lib o‘tdi

                           

Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi. Tadbirda boshqarma rahbariyati, mas’ul bo‘lim boshliqlari, jamoatchilik vakillari, ishtiroki ta’minlandi.

Tadbirning asosiy maqsadi — qurilish sohasida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish, aholining murojaatlari bilan bevosita ishlash, korrupsiyaga oid xavf omillarini kamaytirish hamda tizimda halollik tamoyillarini mustahkamlashdan iborat.

Uchrashuv davomida fuqarolarning taklif va murojaatlari asosida, qurilish jarayonlarida uchraydigan muammolar hamda ularni hal qilish mexanizmlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek:

 • davlat xizmatlarining elektron ko‘rinishga o‘tkazilishi,

 • qurilish jarayonlarida nazoratning ochiq bo‘lishi,

 • manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish,

 • jamoatchilik nazoratini kengaytirish kabi masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbirda ishtirokchilarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun normalari, sohada shakllanayotgan yangi tartiblar hamda zamonaviy boshqaruv tizimlari haqida ma’lumotlar yetkazildi.

 

9-12-2025, 18:00
Sahifaga qaytish