





Qishning ziynati qor bilan! Lekin bu jarayon aholiga noqulaylik tug'dirmasligi kerak. Shuning uchun bugun Xorazm viloyatidagi BSKlarining barchasida ish qizg'in. Ko'p qavatli uylarning kirish yo'laklarini va atrofini qordan tozalash uchun 180 nafarga yaqin ishchi xodimlar va 17 ta maxsus texnikalar jalb qilingan. Va bu jarayon bosqichma bosqich davom etmoqda.