



Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda bosh boshqarmaning sho‘ba boshliqlari hamda mutaxassislari ishtirok etishdi.
Seminar davomida zararli odatlardan voz kechib, sport bilan shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotimizga aylantirishimiz zarur ekanligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbirda “O‘zbekiston sport faxriysi”, “O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi”, “O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport a’lochisi”, “Mahalla iftixori”, “Fidoyi xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari sohibi, parhezshunos Aminboy Yusupov ishtirok etib, uning “Qarilikni kechiktirish va yosharish sirlari” nomli kitobi ishtirokchilarga tarqatildi.