

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyatida arxitektura va qurilish sohasida davlat nazorati chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda. Mazkur qaror qurilish jarayonlarida qonun ustuvorligini taʼminlash, shuningdek, davlat arxitektura nazoratini zamonaviy va raqamli mexanizmlar asosida takomillashtirishga qaratilgan.
Xiva shahri “Ichan qalʼa” mahallasidagi nazorat tadbirlari davomida, “Boʻyoqchilar” koʻchasi 39-uyda yashovchi fuqaro N.O tomonidan 178.0 kv.m yer maydonida loyiha-smeta hujjatlarisiz, belgilangan tartib talablarini buzgan holda, ikki qavatli turar-joy oʻzboshimchalik bilan qurib olingani aniqlandi.
Davlat arxitektura nazorati departamenti xodimi tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra, mazkur noqonuniy qurilish holati boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqiy choralar koʻrish ishlari boshlandi.
Eslatma: Har qanday qurilish yoki qayta taʼmirlash ishlari faqat belgilangan tartibda, tegishli ruxsatnomalar asosida amalga oshirilishi shart. Oʻzboshimchalik bilan olib borilgan qurilish ishlari qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.