Yana bir ta’lim muassasining yangi binosi sifatli qurib, foydalanishga topshirildi

Yana bir ta’lim muassasining yangi binosi sifatli qurib, foydalanishga topshirildi

     
     

Yangibozor tumani “Pahlavon Mahmud” mahallasining “Togʻayobod” hududida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi 34-maktab binosi foydalanishga topshirildi. 

Ta’lim muassasasining yangi binosida oʻquvchilar uchun qulay va xavfsiz taʼlim muhitini yaratish, sifatli taʼlimni taʼminlash hamda yosh avlodning bilim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratilgan.

Ma’lumot uchun, maktab qurilishi  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentyabrdagi PQ-5246-sonli qaroriga asosan “Islom Taraqqiyot banki” va OPEK Xalqaro Taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilib, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirildi.


9-02-2026, 18:00
Sahifaga qaytish