





Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab mehr-oqibat, xayr-u saxovat va shukronalik timsoli bo‘lgan muqaddas Ramazon oyi shukuhi kezib yuribdi. Bayramga munosib tuhfa sifatida Bog‘ot tumani "Navbahor" mahallasida zamonaviy talablarga javob beradigan, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan, bir vaqtning o'zida 1 000 nafar namozxonni o'z bag'riga sig'dira oladigan “Mirxoshim bobo” masjidI foydalanishga topshirildi.
Yangidan bunyod etilgan masjid hududida tahoratxona, imom-xatib va boshqa xodimlar uchun barcha qulayliklarga ega ma’muriy bino hamda kutubxona mavjud.