Ushbu avtomobil yoʻlining loyihaviy qiymati 120 million dollarni tashkil etadi. Yangi yoʻlning uzunligi 35 kilometr boʻlib, u toʻrt polosali asfalt-beton qoplamada barpo etiladi. Sutkalik oʻtkazuvchanlik quvvati 20 mingdan ortiq transport vositasiga moʻljallangan. Loyiha doirasida 17 ta koʻprik, 8 ta yoʻl oʻtkazgich, 1 ta tunnel va 5 ta maxsus oʻtish joyi qurilishi rejalashtirilgan.
Hozirda Urganch va Xiva oʻrtasidagi qatnov vaqti 45–50 daqiqani tashkil etadi. Yangi pulli yoʻl ishga tushgach, bu vaqt 15–20 daqiqagacha qisqaradi.