Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishdagi yangiliklar: Xorazmda BSK rahbarlari uchun seminar

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishdagi yangiliklar: Xorazmda BSK rahbarlari uchun seminar

     
     

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 5-fevraldagi 48-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalarni targ‘ib etish maqsadida Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasida BSK rahbarlari uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyatdagi mavjud BSK rahbarlariga “Mening uyim” axborot billing tizimiga koʻp kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi barcha elektron tizimlarni integratsiya qilish, mobil va web versiyalarida onlayn murojaat yuborish imkoniyatini yaratish, foydalanuvchilar uchun murojaatni qabul qilish, masʼul xodim biriktirish va bajarish jarayonlarini kuzatib borish hamda boshqaruvchi va uning xodimlari faoliyatini baholab borish batafsil tushintirildi.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilar savollariga batafsil javoblar berildi.


24-03-2026, 15:00
Sahifaga qaytish