Og‘ir atletika bo‘yicha 2026-yilgi O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Og‘ir atletika bo‘yicha 2026-yilgi O‘zbekiston chempionati yakunlandi

     
     
     

2026-yil 24–30-mart kunlari Chirchiq shahrida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa mamlakat sporti tarixida muhim ahamiyat kasb etib, bir qator yangiliklar bilan ajralib turdi.

Joriy yilgi chempionat ilk bor Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) tomonidan joriy etilgan yangi 8+8 vazn toifasi tizimi asosida tashkil etildi. Shuningdek, milliy chempionatlar tarixida birinchi marta sportchilar nafaqat ikki kurash (umumiy natija), balki alohida dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish mashqlari bo‘yicha ham medallar bilan taqdirlandi.

Musobaqada respublikaning barcha hududlaridan kelgan qariyb 300 nafar sportchi ishtirok etib, yuqori saviyada bellashdi.

Jamoaviy hisob natijalarida umumjamoa hisobida Xorazm viloyati terma jamoasi 14 ta medal bilan (5 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza) birinchi o‘rinni egalladi va musobaqaning mutloq g‘olibiga aylandi.

Mazkur chempionat natijalari asosida O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibi shakllantirilib, sportchilar 2026-yilda o‘tkaziladigan Osiyo va jahon chempionatlariga tayyorgarlik ko‘radilar.


30-03-2026, 18:30
Sahifaga qaytish