Xorazm viloyati teleradiokampaniya bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi PF-29-son Farmoni bilan belgilangan aholining uy-joy sharoitlarini yanada yaxshilash va ipoteka bozorini rivojlantirish boʻyicha yangi chora-tadbirlariga bag‘ishlangan Ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jonli efirdagi dastur davomida farmonda belgilangan asosiy vazifalarga mutaxassislar tomonidan batafsil to‘xtalindi. Aholidan kelgan savollarga atroflicha javob berildi.