Yoshlar bilan ochiq muloqot – tizimning rivojining bir qismi

Yoshlar bilan ochiq muloqot – tizimning rivojining bir qismi

        

Har haftaning payshanba kuni — Yoshlar kuni sifatida barcha idora va tashkilotlarda belgilangan. Shu munosabat bilan Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasida yosh xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Bosh boshqarma boshligʻi M.Kalandarov yosh xodimlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Uchrashuv davomida yoshlarning bugungi islohotlardagi oʻrni, ularning kasbiy rivoji hamda kelajakdagi maqsadlari haqida soʻz bordi. M. Kalandarov yoshlarga ishonch bildirib, har bir tashabbus ortida katta kuch va yangilanish yotganini alohida taʻkidladi. Shuningdek, sohada olib borilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʻlumot berildi.

Yosh xodimlar esa oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, takliflarini bildirishdi. Qolaversa, buyuk sarkarda, davlat arbobi va xalqimiz faxri — Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi yurtimizda keng nishonlanib, o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari haqida ham fikr-mulohazalar tinglandi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning faolligini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlash va kelajakda yanada katta marralarni zabt etishlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.


9-04-2026, 18:30
Sahifaga qaytish