Hududdagi muammolar – joyida o‘rganilmoqda

Hududdagi muammolar – joyida o‘rganilmoqda

      
      

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xorazm viloyatiga tashrifi davomida hududdagi ijtimoiy obyektlarda bo‘lib, mavjud muammolar va ularning yechimlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida Prezident qarorlari ijrosi o‘rganilib, yuzdan ortiq muammoli masala qisqa fursatda o‘z yechimini topgani qayd etildi. Shu bilan birga, obyektlar soni va ko‘lamidan qat’i nazar, barcha masalalar alohida va sinchiklab o‘rganilayotgani ta’kidlandi.

Xususan, Xonqa tumanidagi mukammal ta’mirga muhtoj bo‘lgan 2-maktab hamda qarovsiz holga kelib, avariya darajasiga yetgan 49-maktabgacha ta’lim muassasasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, Davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialida ham bo‘linib, mavjud sharoitlar o‘rganildi.

Qayd etilishicha, hozirda o‘quv auditoriyalari va maktab-internat bitta binoda joylashgan bo‘lib, kelgusida qo‘shimcha bino qurilishi rejalashtirilgan. Bu esa har bir muassasa uchun alohida va to‘laqonli sharoitlar yaratish imkonini beradi.


27-04-2026, 23:00
Sahifaga qaytish