Korrupsiyaning oldini olish, odob-axloq qoidalari va ijro intizomi muhokama qilindi

Korrupsiyaning oldini olish, odob-axloq qoidalari va ijro intizomi muhokama qilindi

    

Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etish, ijro intizomini mustahkamlash hamda korrupsiyaning oldini olish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 595-son qarori talablari muhokama qilinib, davlat xizmatchilarining kasbiy madaniyati, xizmat odobi, masʼuliyati va fuqarolar bilan munosabatlarda yuksak muomala madaniyatiga amal qilishi muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, bosh boshqarma va tizim tashkilotlarida ijro intizomini kuchaytirish, vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarish, xizmat vazifalariga masʼuliyat bilan yondashish hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.

Tadbir yakunida sohaga oid qonun hujjatlari, Prezident va Hukumat qarorlari ijrosini taʼminlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



12-06-2026, 17:30
Sahifaga qaytish