Sayyor qabul muammo va yechim

Sayyor qabul muammo va yechim

                        

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va mavjud muammolarga tezkor yechim topish maqsadida tashkil etildi.

Mazkur sayyor qabulda 30 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxs vakillari, tadbirkorlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Qabul davomida qurilish, uy-joy kommunal xizmatlari, infratuzilmani yaxshilash, ko‘p qavatli uylarni boshqarish, ichimlik suvi, kanalizatsiya, obodonlashtirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaat rahbariyat tomonidan o‘rganilib, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga batafsil huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Zudlik bilan hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar joyida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar tegishli mutasaddilarga biriktirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Sayyor qabul samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, fuqarolarning fikr va takliflarini eshitish, ularning muammolarini bevosita joyiga chiqib o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday uchrashuvlar davlat organlari va aholi o‘rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlash, xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi samarali boshqaruv tizimini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.


27-07-2026, 15:00
Sahifaga qaytish