DIQQAT E'LON!

DIQQAT E'LON!

Hurmatli Xorazm viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

 

Joriy yilning 23-sentyabr kuni soat 10-00 da Urganch shahrida Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig'i rahbariyatining sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

Unda qurilish va kommunal sohaga oid yechimini kutayotgan muammo va masalalar yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi rahbariyati va mutasaddilari, bo‘lim boshliqlari, arxitektor va muhandislar tomonidan javob olishingiz mumkin.

Manzil: Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi binosi, A.Xorazmiy ko‘chasi, 30-uy.

Ma‘lumot uchun telefon: (62)2277030 (133 ichki raqam)

21-09-2026, 15:30
Sahifaga qaytish