1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari va Vazirlikning buyruqlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3.tarkibiy va hududiy bo‘linmalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida» 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
5.Vazirlik hay’ati qarorlari, vazirning va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
6.arxitektura va qurilish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
7.o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarini taqsimlash, hududiy bo‘linmalarning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik hududiy bo‘linmalari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
8.Vazirlik hududiy bo‘linmalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik hududiy bo‘linmalari va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash; 9.Vazirlik hududiy bo‘linmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy bo‘linmalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10.Vazirlik markaziy apparatining nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy bo‘linmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
11.hududiy bo‘linmalar xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
12.hududiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
13.«Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
14.prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy bo‘linmalar ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;
15.tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
16.hududiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish; 17.Vazirlikning tuman (shahar) bo‘linmalari va hududiy bo‘linmalar tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; 18.jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
19.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
20.hududiy bo‘linmalar xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlikka kiritish;
21.davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.