Matbuot anjumani



Xorazmda OAV vakillari, matbuot kotiblari, jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
📝Ushbu tadbir Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi va O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo'limi bilan hamkorlikda tashkillashtirildi. Anjumanni boshqarma boshlig‘i D.Bekchanova olib bordi.

⏺Matbuot anjumanida viloyat Qurilish va Uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi, "Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Xorazm hududiy filiali, "Xududgaz Xorazm" gaz ta’minoti filiali, “Xorazm suv ta’minot” MChJ, “Xorazm ko‘mir ta’minot” MChJ hamda Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutasaddilarining qish mavsumida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash, kommunal soha tizimida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavsumni betalofat o‘tkazishga qaratilgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlari tinglandi.

⏺Muhim masalalar doirasida olib borilgan tadbirda  tizimlarda kun-u tun tashkil qilingan ishlar  haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Tadbir har ikki tomonning o'zaro muloqotlari asosida bo'lib o'tdi.
28-12-2023, 12:40
Ko'rishlar: 169
Sahifani chop etish