Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

       


Ma’lumki, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi va qurilish sohasida elektron tender savdolari, mutasaddi vazirlik va idoralar elektron ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan hamda bu jarayonlar inson omilisiz avtomatik shakllantirilmoqda.

Xorazm viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasida 2024-yil 16-fevral kuni Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi direktori M.Zagrutdinov hamda qator mas’ullar ishtirokida Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari vakillarining reyting ko‘rsatkichlariga oid masalalar, savol va takliflari tinglanib, loyiha va pudrat tashkilotlari vakillarida yig‘ilib qolgan savollar o‘rtaga tashlanib, ularni hal etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.


22-02-2024, 18:44
Ko'rishlar: 159
Sahifani chop etish