Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A.Qoʻldоshev Xorazm viloyati masʼullari bilan uchrashuv oʻtkazdi




    

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi 151-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish va ijrosini taʼminlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A.Qoʻldоshev Xorazm viloyati masʼullari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi xodimlari, Hududiy nazorat qilish inspeksiyasi, "Yagona buyurtmachi xizmati" IK, Shaharsozlik hujjatlarini expertiza qilish hududiy filiali mutaxassislari, pudrat va loyiha tashkilotlari ishtirok etdi. Muloqotda mutaxassislarni sertifikatlash jarayoni haqida so'z bordi. Shuningdek, uchrashuv davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


25-04-2024, 21:40
Ko'rishlar: 142
Sahifani chop etish