Xorazm viloyatida bòlib turgan vazir òrinbosari Ozoda Jòrayeva aholi muammolarini o'rgandi
Xorazm viloyatida bòlib turgan vazir òrinbosari Ozoda Jòrayeva aholi muammolarini o'rganish maqsadida Urganch va Xiva shaharlarining bir qator hududlarida bóldi.
Jumladan, Urganch shahri Jaloliddin Manguberdi kóchasi 8-uyda bòldi. “Gulzor” mahallasidagi kòp kvartirali uylarga xizmat kòrsatuvchi “Urganch building” BSK faoliyati kòzdan kechirildi. Mavjud kamchiliklar aniqlanib, tezkor tartibda bartaraf etish bóyicha aniq topshiriqlar berildi. Shu bilan birga kuni kecha sayyor qabulda ommaviy kelib tushgan murojaat ham ijobiy yechim topdi.
Xiva shahri “Gilamchi” MFY ahlining boshqaruv tashkiloti bilan boğliq muammosi bartaraf etiladigan bòldi. Aholining asossiz qarzdorliklari sóndirilib, “Xiva Kaltaminor” boshqaruv tashkilotiga xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.