Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha
Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar va xorij tajribasi” mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komplayens nazorati bosh mutaxassisi M.Abdullaev so‘zga chiqib, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati manfaatlar to‘qnashuvi shakllari, uning oqibatlari bo‘yicha davra suhbati ishtirokchilariga tushuntirish berib o‘tdi.