Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
Xorazm viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasida 21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi. Tadbirda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi ahamiyati, uning tarixi va rivojlanishi haqida ma'ruzalar tinglandi.
Bundan tashqari tadbir davomida Ona tilimizga bo'lgan e'tiborning avvalgi va hozirgi holati, keyingi yillarda O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini yanada oshirish masalasida qilingan islohotlar to'g'risida ko'plab ma'lumotlar berildi.