KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO'YICHA TADBIR
Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida Xorazm viloyat qurilish bosh boshqarmasi tashabbusi bilan tadbir tashkil qilindi.
Unda Xorazm viloyat qurilish bosh boshqarmasida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar koʼzdan kechirildi va ishtirokchilarga mavzu yuzasidan videoro'lik qoʼyib berildi. Tadbirda viloyat Аdliya boshqarmasi mas'ul xodimi ishtirok etib xodimlarga korrupsiyaviy holatlarga yoʼl qoʼymaslik va uning oqibatlari haqida tushuntirish berdi hamda Korrupsiya bo'yicha yig'ilganlarga taqdimot ishi namoyish qilindi. Mavzu doirasida qilinishi lozim bo'lgan ishlar muxokama qilindi.