
Xurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!
Joriy yilning 16 -may kuni Yangiariq tumanida soat 11:00 da Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi rahbariyatining sayyor qabuli tashkil qilinadi.
Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor aholini qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasi tizimida qiynab kelayotgan muammoli masalalarni aniqlash va ularga yechim topish, aholini roziligini taʼminlash, fuqarolarning qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasiga boʼlgan ishonchini yanada mustahkamlashga qaratiladi.
Manzil: "Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Yangiariq tumani bo'limi" binosi
Ma'lumot uchun telefon: +998(62)-223-12-68
15-05-2025, 16:58
Ko'rishlar: 26
Sahifani chop etish