DIQQAT E'LON!

DIQQAT E'LON!

   Xurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

Joriy yilning 16 -may kuni Yangiariq tumanida soat 11:00 da Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi rahbariyatining sayyor qabuli tashkil qilinadi.
Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor aholini qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasi tizimida qiynab kelayotgan muammoli masalalarni aniqlash va ularga yechim topish, aholini roziligini taʼminlash, fuqarolarning qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasiga boʼlgan ishonchini yanada mustahkamlashga qaratiladi.

Manzil: "Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Yangiariq tumani bo'limi" binosi 

Ma'lumot uchun telefon:  +998(62)-223-12-68


15-05-2025, 16:58
Sahifaga qaytish