“Qurilish loyihalari ijrosini tashkil etish va sohada davlat nazoratining oʻziga xos jihatlari” mavzusida o‘quv mashgʻulotlari davom etmoqda




Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatidagi qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazoratga masʼul xodimlar, Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi xodimlari, tuman (shahar) prokurorlari (katta) yordamchilari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi inspektorlari hamda zilzilabardoshlikni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhlar aʼzolari o'quv mashg‘ulotining amaliy qismida “Al-Xorazmiy” shaharchasida bo‘lishdi.
Amaliy jarayonda. ishtirokchilar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov boshchilida ko'p qavatli uy-joy qurilishida seysmik xavfsizlik talablariga rioya qilinishini vizual tekshirish ko‘nikmalarini oshirdilar.