



Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatidagi qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazoratga masʼul xodimlar, Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi xodimlari, tuman (shahar) prokurorlari (katta) yordamchilari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi inspektorlari hamda zilzilabardoshlikni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhlar aʼzolari o'quv mashg‘ulotining amaliy qismida “Al-Xorazmiy” shaharchasida bo‘lishdi.
Amaliy jarayonda. ishtirokchilar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov boshchilida ko'p qavatli uy-joy qurilishida seysmik xavfsizlik talablariga rioya qilinishini vizual tekshirish ko‘nikmalarini oshirdilar.